So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

07 mar 21:21
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida mamlakat chempionlari aniqlandi

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo'yicha 6, 8, 10, 12 yoshgacha bo'lgan qizlar hamda o'g'il bolalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari o'z yakuniga etdi.

24 fevral kuni start olgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 200 nafardan ziyod iqtidorli o'g'il-qizlar g'oliblik uchun dona surdi. SHu yoshdagi ishtirokchilar orasida sport ustaligiga nomzodlarning ham borligi yurtimizda shaxmat jadal rivojlanib borayotganini anglatadi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra quyidagi yosh shaxmatchilar o'z guruhlarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.

6 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar:

1. Muhammadiev Xushnudbek (Qashqadaryo)

2. Yolg'ashev Ziyodullo (Jizzax)

3. Qodirov Ahrorbek (Toshkent sh.)


6 yoshgacha bo'lgan qizlar:

1. Raxmatullaeva Jansaya (Toshkent vil.)

2. Sodiqova Aminaxon (Qashqadaryo)

3. Ortiqova Mohlaroyim (Samarqand)


8 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar:

1. Allaberganov Akbar (Toshkent sh.)

2. Zayniddinov Abdurahmon (Toshkent sh.)

3. Jumanazarov Ibrohim (Toshkent vil.)


8 yoshgacha bo'lgan qizlar:

1. Mahmudova Nilufar (Navoiy)

2. Isoqova SHoira (Buxoro)

3. Karimova Mohina (Namangan)


10 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar:

1. Nematov Tohir (Samarqand)

2. Bahodirov Umarjon (Toshkent sh.)

3. Abdullaev Muhammadrahim (Toshkent sh.)


10 yoshgacha bo'lgan qizlar:

1. Jumaeva Malika (Sirdaryo)

2. Davlatova Sevinch (Qashqadaryo)

3. Olimova Ruqiya (Samarqand)


12 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar:

1. Saidusmon SHamsuddin (Toshkent sh.)

2. Qo'ziev Miraziz (Toshkent sh.)

3. Abduhakimov Akbarali (Toshkent sh.)


12 yoshgacha bo'lgan qizlar:

1. Hamdamova Afro'za WCM (sport ustaligiga nomzod, Samarqand)

2. Ahmedova SHoxina (Samarqand)

3. SHomurodova Rayxona (Qoraqalpog'iston Respublikasi)

Mutaxassislarning fikricha, musobaqa juda qizg'in va murosasiz ruhda kechishi barobarida ishtirokchilar orasida o'zbek shaxmat maktabini yangi darajaga olib chiqishga qodir yoshlarni aniqlab berdi. Umid qilamizki, bu yoshlar yaqin kelajakda O'zbekistonni jahonning etakchi shaxmat mamlakatlaridan biriga aylantiradi. Bu yo'lda ularga omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing