05 fev 18:09
Yangiliklar
SHaxmat akademiyasida mamlakat chempionati davom etmoqda + FOTOGALEREYA
O'tgan 8 tur natijalariga ko'ra surxondaryolik Umida Omonova barcha imkoniyatlardan to'la foydalangan holda o'z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 8 ochko bor. 16 yoshli qizlar o'rtasida Yuliya Xegay (Toshkent) 8 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, g'oliblikka asosiy davogarlik qilyapti. Navoiylik Sitora Saparova so'nggi tur oldidan ochkolar sonini 7,5 taga etkazib, g'oliblik sari dadil odimlamoqda.
Toshkent viloyati sharafini himoya etayotgan Olmos Rahmatullaev (7,5 ochko), buxorolik Mirfayz Sunnatov (7 ochko) va surxondaryolik Muhammadali Abdurahmonov (6,5 ochko) ham o'z guruhlarida peshqadamlik qilishyapti.
So'nggi 9-tur natijalaridan so'ng, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.
Fikrlar