23 apr 19:29
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi
Toshkent shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida Oliy liga bahslari yakunlandi.
Musobaqada oliy ligada dona surish imkoniyatiga ega bo'lgan jami 10 nafar etakchi saloxiyat egalari 9 tur davomida o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra 9 imkoniyatdan 6.5 ochko jamg'argan FIDE ustasi Umida Omonova musobaqa g'olibi bo'ldi.
9 imkoniyatdan bir yo'la 3 nafar ishtirokchi Maftuna Bobomurodova,Sarvinoz Qurbonboeva hamda Marjona Malikovalar bir xil 6 tadan ochko jamg'arishdi va qo'shimcha qiymatga ko'ra Maftuna Bobomurodova,Sarvinoz Qurbonboeva shoxsupaning 2-3 pog'onasidan joy oldi. Oliy ligada birinchi o'rinni egallagan ishtirokchi mamlakat ayollar terma jamoasiga qabul qilinishi bilan ham ahamiyatlidir.
Havola :
Fikrlar