18 may 15:17
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat bo'yicha ayollar terma jamoamiz Astanadagi xalqaro turnirni kuchli uchlikda yakunladi
13–17 may kunlari Qozog'istonning Astana shahrida shaxmat bo'yicha Turkiy davlatlar jamoaviy chempionati bo'lib o'tdi.
6 ta mamlakatdan 70 nafar shaxmatchi ishtirok etgan turnirda O'zbekiston ayollar terma jamoasi 8 ochko jamg'arib, 3-o'rinni egalladi va 4 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo'ldi.
Qizlarimiz shaxsiy taxtalarda ham yuqori natija ko'rsatishdi: Afruza Hamdamova o'z taxtasida turnir oltin medaliga ega chiqqan bo'lsa, Umida Omonova va Madinabonu Xalilova kumush, Guldona Karimova esa bronza medalini rasmiylashtirdi.





Havola :
Manba : t.me/Uzbchessfederation
Fikrlar