So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

04 may 07:41
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat bo'yicha birinchi onlayn O'zbekiston chempionati o'tkaziladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida sport ixlosmandlari uchun yana bir onlayn musobaqa tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 11 mayidan 19 mayiga qadar havaskorlar o'rtasida shaxmat bo'yicha “Uyda qol va g'alaba qozon!” shiori ostida birinchi onlayn O'zbekiston chempionati o'tkaziladi va unda respublikamizning barcha hududlaridan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan. Onlayn musobaqa g'oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Musobaqada qatnashish istagida bo'lgan havaskorlar www.chess.com saytiga kirib, ro'yxatdan o'tishlari lozim.

Jami 10 ta turnir o'tkaziladi – 10 ta g'olib aniqlanadi. G'oliblar bank kartasiga pul o'tkazish yo'li orqali taqdirlanadi. G'olib havaskor shaxmat bo'yicha birinchi O'zbekiston CHempionati g'olibi diplomi bilan taqdirlanadi.

O'yinlar o'n kun davomida 11 maydan 19 mayga qadar Toshkent vaqti bilan 20:30 da o'tkaziladi. G'olib ikki marta qatnashish huquqiga ega emas.

Turnirdan ko'zlangan maqsad – aholining bo'sh vaqtini mazmunli va sifatli o'tkazish, karantin davrida sport hamda ko'ngilochar strategiyalarni targ'ib qilish, shuningdek, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirish.

O'yinlar va qiziqarli sharhlarni O'zbekiston Kibersport Federaciyasining Youtubeʼdagi rasmiy kanali (https://www.youtube.com/channel/UCXcUXd7HiXVqnZuexfBpVjA) orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing