18 may 07:42
Yangiliklar

SHaxmat bo'yicha birinchi onlayn O'zbekiston chempionatining navbatdagi g'olibi Qashqadaryodan
Karantin davrida aholining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yurtdoshlarimiz orasida shaxmatni yanada rivojlantirish maqsadida o'tkazilayotgan onlayn musobaqaning 16 may kungi bahslari ham juda murosasiz ruhda bo'lib o'tdi.
Onlayn O'zbekiston chempionatining 5-turnirida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug'ilgan Karimov SHaxzod eng yaxshi natijani qayd etgan holda navbatdagi chempionga aylandi.
Malumot uchun, ushbu onlayn musobaqa g'oliblari 3 million so'm miqdoridagi pul mukofoti hamda shaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasida birinchi onlayn O'zbekiston chempionati g'olibi diplomi bilan taqdirlanadi.
Eslatib o'tamiz, shaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasida birinchi onlayn O'zbekiston chempionati 20 mayga qadar davom etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Fikrlar