20 avg 14:02
Yangiliklar
SHaxmat bo'yicha jahon Kubogida 1/2 finalning ilk partiyalari o'ynaldi
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda 1/2 finalning ilk uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ilk juftlikda musobaqa kashfiyotiga aylangan ozarbayjonlik Nijat Abasov sobiq jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o'ynab, mag'lubiyatga uchradi.
Ikkinchi 1/2 final juftligida esa amerikalik Fabiano Karuana hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi oq doralarda harakat qildi. Ushbu uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Bugun har ikki juftlikda ikkinchi partiya o'ynaladi. Bu safar Abasov va Rameshbabu oq donalarda harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, jahon Kubogi chempionlik toji uchun saralash vazifasini ham o'tab beryapti. Kuchli uchlikdan joy olgan grossmeysterlar davogarlar musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Jahon Kubogi. Erkaklar. 1/2 final. Birinchi partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Nijat Abasov - 1:0
Fabiano Karuana (AQSH) – Rameshbabu Praggnanandxa (Hindiston) - 0,5:0,5
Fikrlar