21 avg 08:04
Yangiliklar
SHaxmat bo'yicha jahon Kubogida ilk finalchi aniqlandi
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda 1/2 finalning ikkinchi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ilk juftlikda musobaqa kashfiyotiga aylangan ozarbayjonlik Nijat Abasov sobiq jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda o'ynab, durang natija qayd etdi. Magnus birinchi uchrashuvdagi g'alaba evaziga finalga yo'l oldi. Abasov esa uchinchi o'rin uchun bahsda ishtirok etadi.
Ikkinchi 1/2 final juftligida esa amerikalik Fabiano Karuana hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi qora donalarda harakat qildi. Bu safargi uchrashuvda ham grossmeysterlar durangga imzo chekishdi. Bugun hal qiluvchi partiya o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, jahon Kubogi chempionlik toji uchun saralash vazifasini ham o'tab beryapti. Kuchli uchlikdan joy olgan grossmeysterlar davogarlar musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Jahon Kubogi. Erkaklar. 1/2 final. Ikkinchi partiya
Nijat Abasov (Ozarbayjon) – Magnus Karlsen (Norvegiya) - 0,5:0,5 (umumiy hisob – 0,5:1,5)
Rameshbabu Praggnanandxa (Hindiston) – Fabiano Karuana (AQSH) - 0,5:0,5 (1:1)
Fikrlar