10 iyu 12:50
Yangiliklar

SHaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga jo'nab ketdi
Xabar berganimizdek, dunyoning 55 terma jamoasi ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkibda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boradi. Tarkibda Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov singari etakchi grossmeysterlarimiz bor.
Jamoaviy jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 evro bo'lib, rapid uchun 310 000, blic uchun esa 190 000 evro ajratilgan. Terma jamoamiz delegaciyasi London shahriga jo'nab ketdi. Ertaga musobaqaning ilk kuni rapid bo'yicha 4 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Terma jamoamiz tarkibi:
Nodirbek Abdusattorov (2732/2694)
Javohir Sindarov (2668/2626)
Rustam Qosimjonov (2641/2603)
Nodirbek Yakubboev (2547/2563)
SHamsiddin Vohidov (2519/2581)
Nilufar Imomqo'zieva (1943/2066)
Afruza Hamdamova (2406/2268)
Fikrlar