08 may 08:42
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmat. Gulruhbegim markaziy bahsda Sarvinozni mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizda shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida mamlakat chempionati oliy liga bahslari davom etmoqda.
Aylana tarzda o'tkazilayotgan xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Tohirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) g'oliblik uchun asosiy davogar sifatida etirof etilyaptiyu Beshinchi turda ular o'zaro to'qnash kelishdi.
Tohirjonova qora donalarda o'ynashiga qaramay, 35-yurishdan so'ng raqibasini taslim eta oldi. Bu bilan u 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, peshqadamlik qilishda davom etyapti. Amaldagi mamlakat chempioni Nodira Nodirjonova oq donalarda harakat qilib, Rayhon Doniyorovani mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
18:48
INTERVYU. "Masxarabozlarni yo'qotish kerak" - Octagon Liganing yangi chempioni Sardor Xudoyberdiev 0
Fikrlar