10 may 11:04
Yangiliklar

SHaxmat. Gulruhbegim Tohirjonova deyarli chempion!
Aylana tarzda o'tkazilayotgan xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Tohirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) g'oliblik uchun asosiy davogar sifatida etirof etilyapti.
Ettinchi turda har ikki shaxmatchi g'alabaga erishdi. Faqat farqi Tohirjonova partiya o'tkazmay turib bir ochkoni qo'lga kiritdi. Uning raqibasi SHahzoda SHermuhammadovaga texnik mag'lubiyat yozildi. Qurbonboeva esa oq donalarda harakat qilib, Bahora Abdusattorovani taslim etdi.
Bu turda Irina Gevorgyan Nilufar Yoqubboeva bilan murosaga keldi. Amaldagi mamlakat chempioni Nodira Nodirjonova esa qora donalarda o'ynab, Sevara Boymurodovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sakkizinchi tur oldidan Tohirjonova 7 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, yakka peshqadam bo'lib turibdi. Kuchli to'rtlikdan joy olgan Irina Gevorgyan, Nodira Nodijonova va Sarvinoz Qurbonboeva hisobida 5tadan ochko bor.
Fikrlar