09 may 19:11
Yangiliklar

SHaxmat. Gulruhbegimning navbatdagi ishonchli g'alabasi
Aylana tarzda o'tkazilayotgan xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Tohirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) g'oliblik uchun asosiy davogar sifatida etirof etilyapti.
Oltinchi turda har ikki shaxmatchi g'alabaga erishdi. Faqat farqi Qurbonboeva uchrashuvsiz bir ochkoni qo'lga kiritdi. Uning raqibasi SHahzoda SHermuhammadovaga texnik mag'lubiyat yozildi. Tohirjonova esa qora donalarda o'ynashiga qaramay, Rayxon Doniyorovani taslim etdi.
Bu turda Bahora Abdusattorova Irina Gevorgyan bilan, Nilufar Yoqubboeva Sevara Boymurodova bilan murosaga keldi. Amaldagi mamlakat chempioni Nodira Nodirjonova oq donalarda harakat qilib, Marjona O'ktamovani mag'lubiyatga uchratdi. Ettinchi tur oldidan Tohirjonova 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Fikrlar