25 iyu 11:12
Yangiliklar
SHaxmat. Jahon Kubogi ishtirokchilari malum, bizdan yagona vakil
Yilning eng nufuzli musobaqasida 128 nafar ishtirokchi, shu jumladan amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ham ishtirok etadi. Norvegiyalik chempion o'z ishtirokini rasman tasdiqladi.
Jahon Kubogida O'zbekistondan yagona vakil ham qatnashadi. Bu ko'pchilik kutgandek 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov emas. Aksincha, mintaqaviy saralash bahslarida g'oliblikni qo'lga kiritgan grossmeysterimiz Jahongir Vohidovdir. Aynan u Jahon Kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Jahon Kubogi nokaut tizimida o'tkazilib, mag'lub bo'lgan shaxmatchilar o'z ishtiroklarini to'xtatishadi. Agar ikkita klassik partiyadan so'ng hisob teng bo'lib qolsa, u holda g'olib tay-breykda aniqlanadi.
Hal qiluvchi final uchrashuvi esa 4 ta klassik partiyadan iborat bo'ladi. Jahon Kubogi g'olibi va finalchi kelasi yili jahon toji uchun o'tkaziladigan davogarlar turniriga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Fikrlar