30 dek 23:30
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Javohir Sindarov jahon chempionatini kuchli o'nlikda yakunladi
Polshaning Varshava shahrida blic shaxmat bo'yicha jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Bugun o'tkazilgan bahslar yakuniga ko'ra, Javohir Sindarov hamyurtlarimiz ichida eng yaxshi natijani qayd etdi.
SHaxmatchimiz 21 imkoniyatdan 13,5 ochko jamg'argan holda 8-o'rinni egalladi.
SHuningdek, SHamsiddin Voxidov 12,5 ochko bilan 40, Nodirbek Abdusattorov esa 12 ochko bilan 43-o'rinni band etdi. Jahongir Voxidov esa 11 ochko bilan 80-o'rindan joy oldi.
Malumot uchun, blic bahslarida 180 nafar shaxmatchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Nodirbek Abdusattorov rapid shaxmat bo'yicha jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar