So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

30 apr 09:02
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat: Javohir Sindarov O'zbekiston chempioni, endi u Jahon kubogida ishtirok etadi

Teglar :  SHaxmat
16-29 aprel kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionati Oliy liga musobaqalari bo'lib o'tdi.

Ikki hafta davomida 13 nafar mahoratli shaxmatchi mamlakat chempionligini qo'lga kiritish uchun dona surishdi. 

Musobaqa ishtirokchilarining 7 nafari xalqaro grossmeyster, to'rttasi FIDE ustasi, bir nafari xalqaro toifadagi shaxmat ustasi ekanining o'ziyoq mamlakat chempionatining nufuzi ancha yuqori ekanligini ko'rsatib turibdi. Qolaversa, musobaqa g'olibi FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritishi ham musobaqaga bo'lgan qiziqishni oshirib yubordi.

Bahslar shveycarcha tartibda o'tkazildi. CHempionatning mukofot jamg'armasi 60 million so'mni tashkil etib, ushbu summa dastlabki 8ta o'rindan joy olgan shaxmatchilar o'rtasida taqsimlandi.

CHempionatni ko'tarinki ruhda o'tkazgan Javohir Sindarov 9 ochko bilan 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Keyingi o'rinlarni 8,5 ochkodan jamg'argan Jahongir Vohidov hamda Nodirbek Abdusattorovlar band etishdi. Faqat, qo'shimcha koefficientlarga ko'ra Vohidov 2-o'rinni egalladi. 8 ochko jamg'argan Nodirbek Yoqubboev esa kuchlilar kvartetini yakunlab berdi.

O'zbekiston chempionati yakunida 1-8-o'rinlarni band etgan shaxmatchilar medal, diplom hamda 2 500 000 so'mdan boshlab 20 000 000 so'mgacha bo'lgan miqdordagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanishdi.

SHaxmat. Erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionati.

Oliy liga, yakuniy o'rinlar:

1. Sindarov Javohir – 9 ochko (20 000 000 so'm),

2. Vohidov Jahongir – 8,5 ochko (12 000 000 so'm),

3. Abdusattorov Nodirbek – 8,5 ochko (8 000 000 so'm),

4. Yoqubboev Nodirbek – 8 ochko (5 500 000 so'm),

5. Vohidov SHamsiddin – 8 ochko (5 500 000 so'm),

6. Jumaev Marat – 7,5 ochko (4 000 000 so'm),

7. Saydaliev Saidakbar – 6,5 ochko (2 500 000 so'm),

8. Abdisalimov Abdimalik – 6 ochko (2 500 000 so'm),

9. Abdurahmonov Muhammadali – 4 ochko,

10. Bekmurodov Xumoyun – 3,5 ochko,

11. Madaminov Muhiddin – 3 ochko,

12. SHermuhammadov Samandar – 3 ochko,

13. Raxmatullaev Olmos – 2,5 ochko.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing