25 jan 09:35
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Javohir Sindarovda g'alaba, Abdusattorov qora donada durang o'ynadi (+ bugungi o'yinlar)
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri davom etmoqda.
Musobaqada "Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 9-turda Vincent Keymerga qarshi o'yin o'tkazdi va qora donalarda durangga erishdi.
"CHellenjer" guruhida o'z omadini sinab ko'rayotgan Javohir Sindarov esa amerikalik Abimanyu Mishrani oq donalarda mag'lub etdi.
Endi bugun Nodirbek Abdusattorov 10-tur o'yinini xitoylik Liren Dingga qarshi oq donalarda o'tkazsa, Javohir Sindarov qora donalarda niderlandiyalik Ervin L'Amiga qarshi bahs yuritadi.
O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar