So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

19 apr 07:39
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat kunlari festivalida 6 yoshli bolakay xalqaro grossmeyster bilan durang o'ynadi

Teglar :  SirdaryoSHaxmat
Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Turizm va sport boshqarmasi hamda O'zbekiston shaxmat federaciyasi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori ijrosini taminlash maqsadida SHaxmat kunlari festivali tashkil etildi.

Guliston shahrida joylashgan «Bilimdonlar maskani»da o'tkazilgan ushbu tadbirda shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, xalqaro grossmeyster Saydali Yo'ldoshev ishtirok etdi.

Sport tadbirida shaxmat ixlosmandlari taniqli grossmeyster bilan shaxmat musobaqasida o'zaro bahs yuritishdi. Uch soat davom etgan festival yakunida shaxmat bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari, Sardoba tumanidan Bahrom Baxrillaev, Bobir Eshboev, Yangier shahridan Diyorbek Raimjonovlar Saydali Yo'ldoshevdan ustun kelishgan bo'lsa, barcha muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan gulistonlik 6 yoshli Lazizbek SHavkatov tajribali ustoz murabbiyga qarshi kechgan bahsda durangga imzo chekdi. Bu esa yurtimizdan yana bir yosh istedod sohibi etishib chiqayotganidan darak bermoqda.

Musobaqa so'ngida faol ishtirokchilarga Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tasis etilgan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing