So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

05 jan 17:34
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratgan SHamsiddin Vohidov taqdirlandi

Teglar :  SHaxmat
2018 yil 25-31 dekabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida rapid hamda blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

CHempionat Xalqaro SHaxmat federaciyasining rasmiy musobaqasi bo'lib, mukofot jamg'armasi jami 1 000 000 AQSH dollari miqdorida belgilangan. 

Mazkur nufuzli chempionatda o'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, xalqaro toifadagi sport ustalari SHamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboev, shuningdek, ayollar o'rtasidagi bahslarda Gulruhbegim Tohirjonova ishtirok etdi.

Rapid yo'nalishlari bo'yicha musobaqaning 2 turida sensaciya qayd etildi. Ushbu turda SHamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni norvegiyalik xalqaro grossmeyster Magnus Karlsen bilan o'zaro dona surdi. Partiyaning 22 yurishida xatoga yo'l qo'ygan jahonning mutlaq chempioni 36 yurishda 14 yoshgacha o'smirlar o'rtasida jahon chempioniga taslim bo'lishga majbur bo'ldi. SHamsiddin mazkur o'yinda ajoyib texnikani ishga solib, raqibining xatosidan unumli foydalangan holda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

SH.Vohidov 15 tur natijalariga ko'ra, 5 nafar xalqaro grossmeysterni mag'lubiyatga uchratdi, 5 nafar xalqaro grossmeyster bilan durang va 1 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi ustidan g'alab qozondi. 15 turdan 8,5 ochko jamg'arib, 206 nafar sportchilar orasida 58 o'rinni qayd etdi hamda o'z reytingiga 123 ball qo'shdi. 

CHempionatda ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5 nafar xalqaro grossmeyster ustidan g'alaba, 5 nafar xalqaro grossmeyster bilan durang  qayd etib, jami 15 turdan 8 ochko jamg'arib, 88 o'rinni egalladi. Nodirbek Yoqubboev xalqaro grossmeysterlarga qarshi 7 ta durang, 4 g'alabaga erishib, 7,5 ochkoni qo'lga kiritdi. 

5 yanvar kuni shaxmat bo'yicha  Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratgan SHamsiddin Vohidov O'zbekiston SHaxmat federaciyasi prezidenti tomonidan MacBook Pro rusumli eng zamonaviy kompyuter bilan taqdirlandi. Federaciya prezidenti sovg'asini birinchi vice-prezident Husan Turdialiev topshirdi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

   
06 jan 16:19:11
ABUXASAN
Atiga shumi men moshina bervordimikin deb o'ylabman
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing