So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

18 fev 16:19
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Nodirbek va Nilufar O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha 14-18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazilgan mamlakat chempionatida Nodirbek Yoqubboev va Nilufar Yoqubboeva o'z yosh toifasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Mamlakatimizda talim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularni o'zi qiziqqan sport turlariga keng jalb etishga qaratilayotgan yuksak etibor va g'amxo'rlik o'z samaralarini berayotir.

Birgina shaxmatni olaylik. Kishidan yuksak intellektual salohiyat talab qiladigan mazkur sport turi bo'yicha mamlakatimizda ilk jahon chempionligiga 2004 yili Rustam Qosimjonov erishgan edi. Bugun maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatlari, kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlarda g'olib va sovrindor bo'layotgan iqtidorli shaxmatchilarimiz safi kengayib bormoqda. Ayniqsa, Nafisa Mo'minova va uning singillari Hulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar, Nodirbek Abdusattorov va Bahora Abdusattorova, Islombek va Javohir Sindorov singari bir oiladan bir nechta iqtidorli shaxmatchilarning etishib chiqayotgani quvonarlidir.

Xorazmlik Nilufar Yoqubboeva va Nodirbek Yoqubboev ham ana shunday chempion yoshlardan. Nilufar ham Nodirbek ham qator xalqaro musobaqalarda, qita va jahon chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Poytaxtimizda o'tgan mamlakat chempionati ham shaxmatchilar uchun joriy yilgi sport mavsumiga tayyorgarlik vazifasini o'tadi.

Ikki yuzga yaqin shaxmatchi ishtirok etgan musobaqaning o'n olti yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslari Nodirbek Yoqubboev g'alabasi bilan yakunlandi. U to'qqiz partiyaning birontasida mag'lubiyatga uchramadi. SHohruh Aliqulov, Sarvarbek Olimjonov, Ahmad Nurullaev, Saidakbar Saydaliev, Abdumalik Abdusalimov, SHamsiddin Vohidov va Bobur Eshboevni enggan Nodirbek Daler Vohidov va Muzaffar Eminjonov bilan durang o'ynadi hamda 8 ochko bilan O'zbekiston chempioni bo'ldi. Qolgan sovrinli o'rinlar Saidakbar Saydaliev va Daler Vohidovga nasib etdi.

SHu yoshdagi qizlar bahsida Sitora Saparova oltin, Holida Namozova kumush, Rano Abduholiqova bronza medal bilan taqdirlandi.

O'n sakkiz yoshgacha qizlar musobaqasida mag'lubiyatsiz o'ynagan Nilufar Yoqubboeva ham oltin medalni qo'lga kiritdi. U to'qqiz turning sakkiztasida Madina Joniqulova, SHahzoda SHermuhammedova, Yulduz Ramazonova, Hilola Abdukarimova, Nafisa Islomova, Mohim Orazmuhammedova, Ozoda Ro'ziqulova, Muslima Olloqulovani engib, bittasida Bahora Abdusattorova bilan durang o'ynadi va 8,5 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. B.Abdusattorova 8 ochko bilan ikkinchi, H.Abdukarimova 6 ochko bilan uchinchi bo'ldi.

O'g'il bolalar o'rtasida Ortiq Nig'matov birinchi, Asilbek Sobirov ikkinchi, Georgiy SHvanov uchinchi o'rinni egalladi.

O'n to'rt yoshgacha o'g'il-qizlar bahslarida Sardor Boltaev, Umar Isomov, Suhrobjon Avalboev, Yuliya Xegay, Dilbar Hamroeva, Dilrabo Mamurova g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing