So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

08 avg 19:43
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi: O'zbekiston yigitlarining mag'lubiyatsiz yurishi davom etadi!

Teglar :  SHaxmat olimpiadasi
CHennayda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'z nihoyasiga etmoqda.

Bugun O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 10-tur doirasida Hindiston-2 jamoasiga qarshi bahs olib bordi va durangga erishdi - 2:2! 

Qayd etish lozimki, qora donalarda o'ynagan Abdusattorov so'nggi lahzalarda g'alabaga erishdi va nafaqat o'zini, balki O'zbekiston terma jamoasini mag'lubiyatdan asrab qoldi. Nodirbekning bugungi raqibi Gukesh 9 ta o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi (8,5 ochko).

Javohir Sindarov esa imkoniyatni boy berib qo'ydi. Nodirbek Yakubbaev va Jahongir Vohidov durang qayd etdi.

Ushbu durangdan so'ng terma jamoamiz hisobidagi ochkolar soni 17 taga etdi va biz hamon etakchilar qatoridamiz. 

Qizlarimiz esa Paragvay terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Terma jamoamiz safida Maftuna Bobomurodova va Afro'za Hamdamova g'alaba qozongan bo'lsa, Nilufar Yakubbaeva va Umida Omonova durang qayd etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
08 avg 20:21:07
umid samatov
Ehh Qanday hayajonli o'yin bo'ldi
   
08 avg 20:19:38
umid samatov
mazza qildim .... shahmatdan bunchalik mazza qilmagandim... Nodirbekni raqibi detskiy xato qildi... ammo bunga Nodirbek ham sababchi bo'ldi... vaqt tanqisligida raqibni qamab qo'ydi
   
08 avg 20:07:30
ТЕМУРБЕК
Ота онасига минг рахмат, балли йигитлар
   
08 avg 20:04:44
Is Moi LoVe
Gʻalabaga teng durrang mutborak. Oxirgi raqib endi adashmasam Gollandiya qolyapti. Xudo hohlasa ularniyam yutib chempion boʻlamiz
   
08 avg 20:02:14
Inomjon Boltayev
Sizlar fahrimizsizlar rostakam g'ururlandim Shahmat bu boshqacha sport undagi har bir g'alaba oltinga teng
   
08 avg 19:59:17
Inomjon Boltayev
Javohir ham zo'r o'ynadi prosta Gukesh rostakamiga shunday chalgitdi yutdik deb tasavur uygatishaga yol qoyib berdi natijada Nodirbek 1 yarim saot tayorlagan qopqonga tushurdi
   
08 avg 19:49:58
Durimov Ro'zimboy
Bekorga dunyoning yetakchi o'yinchilardan emasda Nodirbek, olg'a O'zbegim Oltin medal sari
   
08 avg 19:46:55
Zulmatni Tarketib
Chess 24 saytidan online kuzatdim.Nodirbek qoyil!Qora donalarda oʻynab,Gukeshni taslim etdi,magʻlubiyatni durangga aylantirdi.????????????????????
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing