So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

05 apr 18:35
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Osiyo chempionati davom etmoqda

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha 8-18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining beshinchi tur bahslari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, mamlakatimiz shaxmat federaciyasi va Osiyo shaxmat federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada qitamizning yigirmaga yaqin davlatidan to'rt yuzga yaqin shaxmatchi g'oliblik uchun bahslashmoqda. 

CHempionatning sakkiz yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida hali biron marta mag'lubiyatga uchramagan Alixon Avazxonov etakchilar qatorida bormoqda. U besh partiyaning uchtasida g'alaba qozonib, ikkitasida durang o'ynagan va to'rt ochko jamg'argan. Kamron Karimov, SHahrombek Karimov va Xumoyun Begmurodov besh imkoniyatdan 3,5 ochkodan to'plagan. Ushbu yoshdagi qizlar musobaqasida bir yo'la ikki shaxmatchimiz peshqadamlik qilmoqda. Odina Olimova besh partiyaning barchasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, 5 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Afro'za Hamdamova esa besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda bormoqda. 

O'n yoshgacha o'g'il bolalar bahsida muvaffaqiyatli o'ynayotgan Akobirxon Saydaliev 3,5 ochko to'plagan bo'lsa, Islombek Sindorov, Umarxon Faxriddinxo'jaev, Oqjo'l Rahmatullaev, Sulton Tursunov va Davlat Mahmudjonov hisobida 3 ochkodan bor. Qizlar o'rtasida Guldona Karimova besh imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'argan bo'lsa, Ozoda To'raboevada 3 ochko bor. 

O'n ikki yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Javohir Sindorov besh partiyaning to'rttasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, sovrinli o'rinlarga asosiy davogarlardan bo'lib turibdi. Hadiyatullo Muhamedov va Bobur Boboxo'jaev 3,5 ochkodan jamg'argan. Qizlar bahsida Umida Omonova 3,5 ochko, Maftuna Bobomurodova va Mohinur Habibullaeva 3 ochkodan to'plagan. 

O'n to'rt yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Musobaqada u BAA, Qozog'iston, Eron va Mo'g'uliston vakillarini mag'lub etib, hindistonlik shaxmatchi bilan durang o'ynadi. Ali Qosimov, Sardor Boltaev, Mehriddin Yo'ldoshev va Samandar SHermuhammadov 3 ochkodan jamg'argan. Qizlar bahsida Yuliya Xegay va Sevinch Olimovada 3,5 ochkodan, Dilbar Hamroeva, Iroda Ismoilova va Safinoza Jalilovada 3 ochkodan bor. 

O'n olti yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Nodirbek Yoqubboev, Saidakbar Saydaliev va SHamsiddin Vohidov 4 ochko bilan kuchli uchlikda bormoqda. Nodirbek va Saidakbar besh partiyaning to'rttasida g'alaba qozongan bo'lsa, SHamsiddin uchta g'alaba va ikkita durang natija qayd etdi. Qizlar o'rtasida besh imkoniyatdan Xolida Namozova va Marjona Malikova 3,5 ochkodan, Setora Safarova va Zebo Abdullaeva 3 ochkodan to'plagan. 

O'n sakkiz yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Armen Arutyunyan hisobida 3 ochko, Ortiq Nig'matov, Georgiy SHvanov, Oqilbek Hamidov va Behzod Solijonov hisobida 2,5 ochkodan bor. Qizlar o'rtasida Bahora Abdusattorova 4,5 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Gulruhbegim Tohirjonova, Mohim Orazmuhamedova 3,5 ochkodan, Nilufar Yoqubboeva va Hilola Abdukarimova 3 ochkodan to'plagan. 

Osiyo chempionati davom etmoqda. 

Bayram Aytmurodov, O'zA 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing