31 okt 16:17
Yangiliklar
SHaxmat. Osiyo chempionati: Yakubbaeva 3, SHamsiddin 8 va boshqa vakillarimiz qanday natija ko'rsatishmoqda?
Avvalroq, ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik.
Hozircha musobaqada 5-tur bellashuvlari ortda qoldi.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda hozircha eng yaxshi natijani SHamsiddiin Vohidov qayd etmoqda. CHennay Olimpiadasi chempioni ayni paytda 5 ta imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan holda, 8-o'rinni egallab turibdi. U peshqadam Xarsha Baratxakotidan yarim ochko ortda qolmoqda.
Ortiq Nigmatov esa 3 ochko bilan 24-o'rinni band etgan.
Abdimalik Abdisalimov 2,5 ochko bilan 54, Saidakbar Saidaliev esa 2 ochko bilan 55-o'rinni egallab turibdi. SHaxmat Olimpiadasining yana bir chempioni Nodirbek Yakubbaev hisobida ham 2 ochko bor (71-o'rin). Bobir Sattarov ham 2 ochko bilan 72-o'rinda turibdi.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda umumiy hisobda 92 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslardagi yagona vakilimiz Nilufar Yakubbaeva esa 4 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar