23 noy 14:30
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. O'zbekiston G'arbiy Osiyo chempionatida birinchi bo'ldi
16-22 noyabr kunlari Toshkent shahri shaxmat bo'yicha 6,8,10,12,14,16,18 va 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi G'arbiy Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.
Qizg'in kechgan bahslar yakuniga ko'ra shaxmatchilarimiz standart, rapid va blic yo'nalishlarida 91 ta medalga ega chiqishdi. Ularning 26 tasi oltin medal ekanligi diqqatga sazovordir.
SHuningdek, hamyurtlarimiz standart yo'nalishida 28 ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladilar.
Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda Qozog'iston va Eron terma jamoalari band etdilar.
Malumot uchun, musobaqada qitamizning 11 mamlakatidan 300 nafarga yaqin yosh shaxmatchi ishtirok etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar