20 okt 21:28
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. "Qatar Masters" turnirida Nodirbek Yakubboev chempion, Nodirbek Abdusattorov esa vice-chempionga aylandi!
11-20 oktyabr kunlari oralig'ida Qatarning Doxa shahrida shaxmat bo'yicha Masters turkumiga kiruvchi musobaqa bo'lib o'tdi.
Jahon tojdori Magnus Karlsen, reyting etakchilari Xikaru Nakamura, Anish Giri singari dunyo shazmat yulduzlari ishtirok etgan musobaqa bosh sovrini uchun o'zbekistonlik ikki yosh grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev o'zaro tay-brek uchrashuvida dona surdi.
Boisi, so'nggi 9-turdan so'ng bu ikki shaxmatchimiz 7 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik o'rnatishgandi. Tay-brekning har ikki partiyasida Yakubboev g'alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi. Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o'rinni egalladi. Olti yarim ochko jamg'argan Javohir Sindarov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni band etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar