So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

11 may 10:34
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Tohirjonova - muddatidan avval O'zbekiston chempioni!

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida mamlakat chempionati oliy liga bahslari davom etmoqda.

Aylana tarzda o'tkazilayotgan xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Tohirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) g'oliblik uchun asosiy davogar sifatida etirof etilyapti. 

O'zbekiston chempioni nomi musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganida aniq bo'ldi. Sakkizinchi partiyada Tohirjonova qora donalarda o'ynashiga qaramay, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni Bahora Abdusattorovani mag'lubiyatga uchratdi va bu bilan muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi. 

Gulruhbegim 8ta uchrashuvdan 7tasida g'alabaga erishdi. Faqat Irina Gevorgyan bilan durang qayd etdi. Uchinchi o'ringa tushib qolgan Sarvinoz Qurbonboeva qora donalarda harakat qilib, Nilufar Yoqubboeva bilan murosaga keldi. 

Endilikda sobiq mamlakat chempioniga aylangan Nodira Nodirjonova Irina Gevorgyanni mag'lubiyatga uchratdi. Sevara Boymurodova Marjona O'ktamovaga yutqazib qo'ydi. So'nggi tur oldidan Tohirjonova 8 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'argan. Kechagi g'alabadan so'ng Nodira Nodijonova 6 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Qurbonboeva hisobida 5,5 ochko bor.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing