11 mar 09:08
Yangiliklar
SHaxmat. Toj uchun davogarlar turniri boshlandi
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Kecha 1‑tur doirasidagi 4ta uchrashuvdan faqat bittasida durang natija qayd etildi. Levon Aronyan va Din Lijen o'z partiyalarida murosaga kelishdi. Qolgan partiyalarda Kramnik, Mamadiyarov va Karuana g'alabaga erishishdi.
1-tur. 10.03.2018
Kramnik – Grishuk 1:0
Karyakin – Mamadiyarov 0:1
Aronyan – Din Lijen 1/2 - 1/2
Karuana – Uesli So 1:0
2-tur, 11.03.2018
Grishuk – Uesli So
Din Lijen – Karuana
Mamadiyarov – Aronyan
Kramnik – Karyakin
Fikrlar