13 mar 08:51
Yangiliklar
SHaxmat. Toj uchun davogarlar turnirida Kramnik peshqadam!
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Rossiyalik Vladimir Kramnik kecha o'tkazilgan 3-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, armanistonlik grossmeyster Levon Aronyanni mag'lub etdi. Bu bilan u 2,5 ochko to'plagan holda turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Qolgan 3ta partiyada durang natija qayd etildi.
3-tur, 12.03.2018
Karyakin – Grishuk 1/2 - 1/2
Aronyan – Kramnik 0:1
Karuana – Mamadiyarov 1/2 - 1/2
Uesli So – Din Lijen 1/2 - 1/2
Turnir jadvalidagi holat: Kramnik - 2,5; Mamadiyarov, Karuana - 2; Din Lijen, Grishuk - 1,5; Aronyan, Karyakin - 1, Uesli So - 0,5
4-tur juftliklari. 14.03.2018
Grishuk – Din Lijen
Mamadiyarov – Uesli So
Kramnik – Karuana
Karyakin – Aronyan
Fikrlar