02 dek 21:29
Yangiliklar
SHaxmat toji kimga nasib etadi? Karlsen va Nepomnyashiy o'rtasidagi beshinchi partiya ham durang bilan tugadi
SHaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen hamda rossiyalik davogar Yan Nepomnyashiy kurash olib bormoqda. Jahon chempionatining hozirgacha beshta partiyasi ortda qoldi.
Etiborlisi, beshinchi partiya ham durang natija bilan yakunlandi. Oq donalarda rossiyalik Yan Nepomnyashhiy, qora donalarda esa Magnus Karlsen harakat qilgan. Ertaga o'tkaziladigan oltinchi partiya oldidan hisob - 2,5:2,5.
O'yinlar 14 partiyalik klassik tizimda o'tkazilyapti. Agar yakuniy natijalarga ko'ra g'olib aniqlanmasa, shaxmatchilar tay-breykka murojaat qilishadi.
Bugun, 2 dekabr kuni shaxmatchilar uchun dam olish kuni edi. Keyingi partiyalar 3, 4, 5, 7, 8, 10, 11, 12 va 14 dekabr kunlariga belgilangan. 15 dekabrda tay-breyk (zarurat tug'ilsa) o'tkaziladi. Oltinchi partiyada Karlsen oq donalarda o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatining mukofot jamg'armasi 2 million evroni tashkil qiladi. G'olib ushbu summaning 60 foizini, vice-chempion esa 40 foizini qo'lga kiritadi. Agar g'olib tay-brekda aniqlansa, u holda chempion umumiy gonorarning 55 foiziga ega chiqadi.
Fikrlar