21 okt 15:52
Yangiliklar
SHaxmat. “Toshkent kuzi” turniri yakunlandi
Respublika ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar shaxmat maktabida ananaviy “Toshkent kuzi” turniri nihoyasiga etdi.
Istedodi va reyting ko'rsatkichiga ko'ra, “A” va “B” guruhlarida dona surgan shaxmatchilar 9 kun davomida bellashdi. “A” guruhida qoraqalpog'istonlik Rahmatjon Rahimov 9 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg'arib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan Olmos Rahmatullaev 7 ochko jamg'arib, 2-o'rinni egalladi. 3-o'ringa poytaxtlik Hadiyatullo Muhamedov sazovor bo'ldi.
14 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar qatnashgan “B” guruhida 1-o'rinni Akobir Jo'raev (Qashqadaryo, 7,5 ochko) egalladi. Keyingi o'rinlarni Jahongir Komilov (Toshkent sh., 7,5 ochko) va Habibulloh Abdullaev (Toshkent sh.,7 ochko) band etdi.
G'olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar