So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

23 dek 16:15
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Toshkentda Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan turnir start oldi + FOTOGALEREYA

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha turnir start oldi.

23-24 dekabr kunlari O'zbekiston SHaxmat federaciyasi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida ilk bora O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat turniri bo'lib o'tmoqda. Bahslarda 100 dan ortiq professional hamda havaskorlar ishtirok etmoqda. O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat bo'yicha  xalqaro turniri Rapid yo'nalishida 7 turdan, “A” va “B” guruhlarida o'tkaziladi. Musobaqa shveycarcha tizimda, FIDE qoidalari bo'yicha o'tkaziladi. 

Musobaqada o'yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalaniladi. 

Xotira turnirda qatnashish uchun professional shaxmatchilarning FIDE xalqaro reytingida 2000 balldan kam bo'lmasligi talab etiladi, havaskorlar o'rtasida qatnashish uchun esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy Teleradiokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ro'yhat asosida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat turniri shveycarcha tizimda o'tkazilib, bugun 4 tur, 24 dekabrda esa qolgan 3 tur tashkil etiladi. 

CHempionat davomida O'zbekiston SHaxmat Federaciyasidan tashrif buyurgan tajribali, professional hakamlar ishlashmoqda. 

Xotira turnirining ochilish marosimi 23 dekabr kuni soat 10:00 da Xalqaro SHaxmat akademiyasi xalqaro musobaqalar o'tkazish zali “Ayvon” binosida, yopilish hamda taqdirlash marosimi esa 24 dekabrda soat 12:00 da bo'lib o'tadi. CHempionat yakunida ishtirokchilar diplom, medal bilan taqdirlanadilar.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing