11 fev 17:20
Yangiliklar
SHaxmat. Toshkentda O'zbekiston chempionati davom etmoqda (FOTOGALEREYA)
6 ta tur natijalariga ko'ra, 8 yoshli qizlar o'rtasida Nilufar Muhitdinova mag'lubiyatsiz dona surmoqda. Uning tengdoshi Ibrohim Jumanazarov ham o'z guruhida etakchi – 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to'plagan. 10 yoshlilar o'rtasida Mohinur Hikmatxonova bilan Ezozaxon Xasanova qizlar o'rtasida 5,5 ochkodan to'plab, karvonboshilikni hech kimga bermayapti. O'g'il bolalar bahsida esa Oriyat Obidjonov birinchi ketmoqda. Uning hisobida ham 5,5 ochko bor. 12 yoshlilar o'rtasida Liliya Belaya 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'ara oldi. SHu yosh toifasidagi o'g'il bolalar bahsida Alisher Umurzoqov va Javohir Bozorovlar bir xil 5 ochkodan to'play olishgan. Har ikkalasi ham guruhda etakchi hisoblanadi.
Ushbu natijalar shaxmatning standart yo'nalishi bo'yicha. CHempionat bahslari 9 tur davom etadi. Hali oldinda blic va rapid yo'nalishlari bo'yicha ham g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Mamlakat chempionati bahslari 15 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar