27 fev 15:17
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmat. U-20 jahon chempionati. Ikkinchi turda vakillarimiz qanday natijalar qayd etishdi?
CHernogoriyaning Petrovas shahrida 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada O'zbekistonning 11 nafar shaxmatchisi ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda Muhiddin Madaminov va Humoyun Begmurodov raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ochko qo'lga kiritdi. Asrorjon Omonov, Muhammadzohid Suyarov va Oriyat Obidjonov durang qayd etdi. Miraziz Matyakubov esa imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Qizlarimizdan esa Umida Omonova va Barchinoy SHokirjonova g'alabaga erishdi, Afro'za Hamdamova durang qayd etdi, Nilufarxon Imomqo'zieva esa imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar