So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

20 avg 08:58
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat: Xalqaro turnirning 6-turidan keyingi vaziyat qanday?

Xalqaro shaxmat akademiyasida davom etayotgan shaxmat bo'yicha o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan ananaviy xalqaro turnir tobora shiddatli tus olmoqda.

Dunyoning 12 davlatidan 150 nafar aql-idrok sohiblari qatnashayotgan musobaqaning “A” guruhida hamon etakchilar o'sha-o'sha, 4 nafarni tashkil etib turibdi. Faqat peshqadamlar kvartetida eronlik Arian Golami o'rnini hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev egalladi, yani etakchilar safidan ikki nafar o'zbekistonlik va ikki nafar Armaniston vakillari joy olishgan.

Turnirning 1-tartib raqamli ishtirokchisi Nodirbek Abdusattorov dastlabki 4 turda yuz foizlik natija qayd etgan bo'lsa-da, 5 va 6-partiyalarda kuchli raqiblari bilan murosaga erishdi. Avvaliga armanistonlik SHant Sargisyan, keyin esa jamoadoshi va adashi Nodirbek Yoqubboevlar bilan durang qayd etdi.

6-turdan so'ng endi o'zbekistonlik yosh grossmeysterlar N.Abdusattorov hamda N.Yoqubboev, shuningdek Armaniston terma jamoasi azolari SH.Sargisyan va Tigran Arutunyanlar bir xil – 5 tadan ochko jamg'arishgan holda etakchilik qilishmoqda.

5-o'rindan 4,5 ochko bilan yana bir armanistonlik grossmeyster Manuel Petrosyan joy olgan. Undan keyingi pog'onalarni 4 ochkodan jamg'argan biryo'la 14 nafar shaxmatchi band etgan. Etiborlisi, ulardan 6 nafari O'zbekiston vakillaridir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing