04 avg 15:06
Yangiliklar
SHaxmat yulduzi Vishvanatan Anand: "O'zbekistonning oltin davri keldi"
Olimpiada davomida shaxmat olamidagi ko'plab mashhurlarni uchratish mumkin. Ulardan biri shaxmat yulduzi, jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand bo'ldi.
Avvalroq xabar qilganimizdek O'zbekiston shaxmat Olimpiadasi mezbonligiga tayyorgarlik ko'rmoqda va shu munosabat bilan CHennayda maxsus pavilon tashkil etilgan. Anand bizning pavilonda ham mehmon bo'ldi. Olamsport.com sayti muhbiri Anandning O'zbekistonga oid fikrlari bilan qiziqdi.
"O'zbekistonda ikki marta bo'lganman. Birinchisida Rustam Qosimjonov bilan bellashganman. Ikkinchisida esa shaxmat festivali uchun borganman. U erga borib shaxmatga bo'lgan etiborni o'z ko'zim bilan ko'rdim. Ko'plab do'stlar orttirdim.
O'zbekiston va Hindiston o'rtasida o'xshashliklar bor. O'zbekistonda ham bizdagi kabi ko'plab professional yosh shaxmatchilar bor. SHaxmatchilar tili bilan aytganda O'zbekistonning oltin davri keldi", - dedi Vishi Anand.
Fikrlar