06 iyu 16:07
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmatchi qizlarimiz 676 250 dollar mukofot puliga ega Jahon kubogida ishtirok etishadi
6-29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o'rtasida shaxmat bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 47 mamlakatidan kelgan 107 nafar kuchli ayol shaxmatchilar ishtirok etishadi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakilasi ham sovrinli o'rinlar uchun kurashga kirishadi.
Jahon Kubogining umumiy mukofot jamg'armasi 676 250 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib 50 000 AQSH dollariga ega chiqadi. G'olib va sovrindorlar 2026 yilda bo'lib o'tadigan FIDE Nomzodlar turniriga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
O'zbekiston sharafini himoya qiladigan shaxmatchilarimiz:
IM Gulruhbegim Tohirjonova – FIDE prezidenti tomonidan “wild card” (imtiyozli yo'llanma)
WIM Afruza Hamdamova – FIDE 3.4 zona chempioni
WIM Umida Omonova – 2025 yilgi O'zbekiston chempioni
Havola :
Fikrlar