So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

01 dek 12:55
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchi qizlarimiz Singapore International Open turnirida dona surishyapti

SHu kunlarda Singapurda shaxmat bo'yicha Singapore International Open turniri bo'lib o'tmoqda.

A va V guruhlarida tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlatlari qatori o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. Ular orasida isteodli shaxmatchimiz Guldona Karimova (2115) etakchilar safida bormoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhi bahslarida qatnashayotgan Guldona 3 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 11-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi hindistonlik Seturaman hisobida ham 2,5 ochko bor. Kecha Guldona 3-turda italiyalik grossmeyster Alessio Valsekki (2478)ni mag'lub etishni uddaladi. 

Afsuski, Butunjahon shaxmat Olimpiadasida shov-shuv ko'targan qizlarimizning hozircha Singapur turnirida omadi kelmayapti. Tajribali Nodira Nodirjonova (2137) oq donalarda filippinlik Emmanuel Garsiya (2397)ga, Umida Omonova qora donalarda hindistonlik Ra Harikrishnan (2473)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Uzoq muddatdan keyin katta shaxmatga qaytgan Nodirjonova Butunjahon shaxmat Olimpiadasida muvaffaqiyatli tarzda qatnashib, o'z doskasida kumush medalni qo'lga kiritgandi. 

Uchinchi turda shaxmatchi qizlarimizdan Barchinoy SHokirjonova va Asal Salimova raqiblari bilan durang o'ynashdi. Marjona Malikova vetnamlik Min Nguendan, Nilufarxon Imomqo'zieva angliyalik Sidxart Gopakumardan ustun keldi. Bugun Guldona Karimova 4-turda qora donalarda o'zi singari 2,5 ochkoga ega rossiyalik Mixail Kobaliyaga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing