So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

30 dek 23:23
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Blic bo'yicha jahon chempionatini nechanchi o'rinlarda yakunlashdi?

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan rapid va blic yo'nalishlaridagi FIDE Jahon chempionati yakuniga etdi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlati vakillari orasida O'zbekiston terma jamoasining 15 nafar shaxmatchisi ham ishtirok etdi. Dunyo birinchiligining so'nggi ikki kuni blic yo'nalishida bahslar o'tkazildi. Saralash bahslarida kuchli to'rtlikdan joy olib, yarim finalga yo'l olgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Ergaisini 2,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Jahon chempionligi uchun kechgan dramatik finalda esa jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi, norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berib, vice-chempionga aylandi.    

Ham rapid, ham blic bo'yicha jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz ham aynan 2-o'rin bo'ldi. Jahon Kubogi sohibi Javohir Sindarov 12,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 14-o'rinni egalladi. Ayollar o'rtasidagi blic musobaqasida esa jahon chempionati kashfiyotiga aylangan va ketma-ket 6 ta partiyada g'alaba qozongan Umida Omonova Top-8`talikdan joy oldi. Bu O'zbekiston ayollar shaxmati uchun tarixiy natija hisoblanadi. SHu kungacha ayol shaxmatchilarimizdan hech kim jahon chempionatida kuchli sakkiztalikdan joy olmagandi. 

SHaxmatchilarimizning Blic bahslaridagi yakuniy o'rinlari:

Erkaklar:

1. Nodirbek Abdusattorov – 2-o'rin!

2. Javohir Sindarov – 12,5 ochko, 14-o'rin

3. Nodirbek Yakubboev – 11 ochko, 65-o'rin

4. Muhammadzohid Suyarov – 10 ochko, 101-o'rin

5. Jahongir Vohidov – 10 ochko, 118-o'rin

6. Muhiddin Madaminov – 9,5 ochko, 125-o'rin

7. SHamsiddin Vohidov – 9,5 ochko, 129-o'rin

8. Humoyun Begmuratov – 9 ochko, 153-o'rin

9. Islombek Sindarov – 8 ochko, 194-o'rin


Ayollar:

1. Umida Omonova – 10 ochko, 8-o'rin

2. Gulruhbegim Toxirjonova – 8,5 ochko, 44-o'rin

3. Afruza Hamdamova – 8 ochko, 55-o'rin

4. Madinabonu Xalilova – 6,5 ochko, 95-o'rin

5. Nilufar Yakubbaeva – 6,5 ochko, 103-o'rin

6. Guldona Karimova – 5,5 ochko, 123-o'rin

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing