08 iyu 14:09
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmatchilarimiz FIDE ayolar Jahon kubogidagi ishtiroklari muvaffaqiyatli boshlashdi
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida FIDE Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar etakchi vakilalari ham bahs olib borishyapti. Ikki shaxmatchimiz Jahon kubogi birinchi bosqichining har ikki uchrashuvida g'alaba qozonib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Gulruhbegim Tohirjonova kubalik ayol grossmeyster Erisbel Miranda Lalensni, Afruza Hamdamova perulik Fiorella Kontreras Huammanni 2:0 hisobida taslim etdi. Umida Omonova esa franciyalik raqibasi Sofi Milliet bilan duranga imzo chekdi. SHaxmatchilar bittadan partiyada g'alaba qozonishgan. Bugun ular tay-brekda keyingi bosqich taqdirini hal qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar