13 iyu 20:29
Yangiliklar
SHaxmatchilarimiz FIDE Jahon kubogi-2021da ishtirok etishmoqda, boshlanishi chakki emas…
Quvonarlisi, unda O'zbekiston sharafini 7 nafar (5 nafar erkak, 2 nafar ayol) iqtidorli shaxmatchimiz himoya qilishyapti.
Kecha start berilgan dastlabki kungi o'yinlar vakillarimiz uchun omadli keldi. Jumladan, erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda Jahongir Vohidov, SHamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboevlar o'z o'yinlarini g'alaba bilan yakunlashgan bo'lsa, o'smirlar o'rtasida Jahon chempioni Javohir Sindorov esa durang o'ynadi.
Eng iqtidorli shaxmatchilarimizdan bo'lmish Nodirbek Abdusattorov esa raqibi kelmaganligi sababli to'g'ridan-to'g'ri keyingi bosqichga yo'l oldi.
Qizlarimiz ham hozircha mag'lub bo'lishgani yo'q. Xususan, Nilufar Yoqubboeva hamda Umida Omonova 1-davradagi ilk o'yinlarida durangga erishdi. Yoqubboeva perulik Deysi Kori Telio bilan, Omonova esa o'zidan reytingi ancha yuqori bo'lgan Mongoliya terma jamoasi azosi Batxi Mongontuul bilan murosa ko'chasini tanladi.
Fikrlar