10 iyu 11:53
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmatchilarimiz FIDE Jahon kubogining ikkinchi bosqich ilk uchrashuvlarini o'tkazishdi
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida FIDE Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar etakchi vakilalari ham bahs olib borishyapti. SHaxmatchi qizlarimiz Jahon kubogining birinchi bosqichida raqibalarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lishgan edi. Ikkinchi davrada tabiiyki, kuchli raqibalar hamyurtlarimizni qarshi olishdi.
Gulruhbegim Tohirjonova xitoylik xalqaro sport ustasi Lu Miaoyiga, yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova hindistonlik grossmeyster, rapid yo'nalishida ikki karra jahon chempioni Hampi Koneruga imkoniyatni boy berdi. Umida Omonova esa Evropa chempioni, polshalik Alina Kalinskaya bilan durang o'ynadi. Bugun javob partiyalari bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar