24 dek 10:38
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga jo'nab ketishdi
25 dekabrdan 2025 yilning 1 yanvariga qadar AQSHning Nyu-York shahrida Rapid va blic bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Dunyoning ko'zga ko'ringan shaxmatchilari qatori O'zbekiston terma jamoasining etakchi grossmeysterlari ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishadi. SHaxmatchilarimiz okean ortiga jo'nab ketishdi.
Terma jamoamiz tarkibi: Nodirbek Abdusattorov (2740), SHamsiddin Vohidov (2540), Javohir Sindarov (2655), Jahongir Vohidov (2466), Muhiddin Madaminov (2456), Afruza Hamdamova (2232)
Jahon chempionatida Magnus Karlsen (2838), Fabiano Karuana (2766), Alireza Firuzja (2766), Xikaru Nakamura (2755) singari dunyo shaxmat yulduzlari ishtirok etadi.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar