So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

31 dek 10:04
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Jahon chempionatidan qancha mukofot puli ish olib olishdi?

Besh kun davomida Qatar poytaxti Doha shahri rapid va blic yo'nalishlaridagi FIDE Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlati vakillari orasida O'zbekiston terma jamoasining 15 nafar shaxmatchisi ham ishtirok etgani va ularning yakunda qanday o'rinlarni band etgani haqida xabar bergan edik. 

Blic yo'nalishida jahon chempionatining vice-chempioniga aylangan Nodirbek Abdusattorov haqli ravishda shaxmatchilarimiz orasida eng ko'p mukofot pulini qo'lga kiritdi. U blicdagi ikkinchi o'rin uchun 50 000, rapidda egallagan 23-o'rni uchun 3000, jami 53 000 evro pul mukofoti ishlab oldi. 

Qatorasiga uchinchi yil Blicda ham, Rapidda ham jahon chempioni bo'lgan Magnus Karlsen 140 000 evro mukofot puliga ega chiqdi. CHempionlik uchun 70 000 evro ajratilgandi. Jahon chempionatidagi eng ko'p pul mukofotiga Magnus ega bo'ldi.    

Jahon chempionatida Top-35`talikdan joy olgan shaxmatchilarga pul mukofoti taqdim etildi. Erkaklarda eng kam ulush - 1500, ayollarda esa - 1000 evro bo'lib, mos ravishda 26-55 hamda 16-20 o'rinlarni band etgan shaxmatchilarga topshirildi.    

Ayollar o'rtasidagi blic bahslarida kuchli sakkiztalikdan joy olish asnosida O'zbekiston ayollar shaxmatida yangi sahifaning ochilishiga sababchi bo'lgan Umida Omonova 15 000 evro mukofot puliga ega chiqdi. Umida rapid bahslarida nisbatan omadsiz ishtirok etgandi. 

Javohir Sindarov Qatardagi Jahon chempionatidan umumiy hisobda 21 000 evro ishlab oldi: rapiddagi ishtirokidan 16 000, blicdan esa 5000. Qolgan shaxmatchilarimizning egallagan o'rinlari mukofot pullariga etarli bo'lmadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing