So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

23 avg 17:17
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Qirg'izistondagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

Teglar :  SHaxmat
18-25 avgust kunlari Qirg'izistonda jamiyat va davlat arbobi Ulan CHolponboev xotirasiga bag'ishlangan "Issyk-Kul Open - 2019" xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

SHaxmatchilar “A” va “B” guruhlariga bo'lingan holda bahslashishmoqda. “A” guruhda xalqaro reytingga  ega bo'lgan yoshi chegaranmagan shaxmatchilar bo'lsa, “B” guruhda 7,9,11,13,15,17 yoshgacha bo'lgan kategoriyalar bo'yicha dona surishmoqda.

O'zbekisto SHaxmat federaciyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, mukofot jamg'armasi 3000 AQSH dollari bo'lgan ushbu turnir 9-turdan iborat. SHaxmatchilarga partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt havola etiladi. 

"Issyk-Kul Open - 2019"da 24 nafar hamyurtimizdan tashqari, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan tashrif buyurgan shaxmatchilar ham dona surishmoqda. 

Ushbu turnirda bir qator shaxmatchilarimiz medallar bilan yurtimizga qaytishmoqda:

1) Jumanov Elbek (1997 yilda tug'ilgan, Sirdaryo) - open turnirda kumush medal,

2) Omonova Umida (2006 yilda tug'ilgan, Surxondaryo) - o'z yosh toifasi bo'yicha open turnirda oltin medal,

3) Saparova Sitora (2001 yilda tug'ilgan, Navoiy shahri) - qizlar o'rtasidagi open turnirda oltin medal;

4) Xegay Yuliya (2004 yilda tug'ilgan, Toshkent) - o'z yosh toifasi bo'yicha open turnirda oltin medal,

5) Yuldoshev Mehriddin (2003 yilda tug'ilgan, Navoiy) - o'z yosh toifasi bo'yicha open turnirda kumush medal;

6) Xusainova Ozoda (2002 yilda tug'ilgan, Toshkent viloyati) - qizlar o'rtasidagi open turnirda bronza medali,

7) Allaberganov Akbar (2013 yilda tug'ilgan, Toshkent) - o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

8) Anvarova dileri (2010 yilda tug'ilgan, Farg'ona) - qizlar o'rtasida o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

9) Rahmatullaev Aqjol (2008 yilda tug'ilgan, Toshkent viloyati) - o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

10) Aktamova Zilola (2008 yilda tug'ilgan, Navoiy) - qizlar o'rtasida o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

11) Bashritdinova SHaxrizoda (2007 yilda tug'ilgan, Navoiy) - qizlar o'rtasida o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

12) Rahmatullaev Almas (2006 yilda tug'ilgan, Toshkent viloyati) - o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

13) SHermuxammedov Samandar (2004 yilda tug'ilgan, Toshkent viloyati) - o'z yosh toifasi bo'yicha oltin medal,

14) Anvarova Aziza (2012 yilda tug'ilgan, Farg'ona) - qizlar o'rtasida kumush medali.

15) Rajabboev Ibrat (2011 yilda tug'ilgan, Xorazm) - o'z yosh toifasi bo'yicha kumush medal.

16) Abdumannopova Farzona (2010 yilda tug'ilgan, Toshkent shahri) - qizlar o'rtasida o'z yosh toifasi bo'yicha bronza medali,

17) Abdumannopova SHaxina (2007 yilda tug'ilgan, Toshkent shahri) - qizlar o'rtasida o'z yosh toifasi bo'yicha bronza medali;

18) G'afforov Anvar (2006 yilda tug'ilgan, Toshkent) - yoshida bronza medali.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing