11 apr 15:48
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Tailanddagi Osiyo chempionatidan beshta medal bilan qaytishdi + FOTO
1-9 aprel kunlari Tailandning CHaingmay shahrida shaxmat bo'yicha 8,10,12,14,16 va 18 yoshgacha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqada Osiyoning 26 davlatidan 571 nafar sportchi ishtirok etdi.CHempionatda standart, rapid, blic yo'nalishlari bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Musobaqa natijalariga ko'ra quyidagi sportchilar Osiyo chempionati medaliga egalik qildilar:
16 yoshgacha: Abdimalik Abdisalimov - Oltin (rapid) va kumush (blic)
12 yoshgacha: Umida Omonova - oltin (blic) va bronza (standart)
10 yoshgacha: Odina Olimova - kumush (rapid)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar