So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

01 noy 13:49
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimizning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda

Braziliyaning Florianopolis shahrida 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida o'tayotgan jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi.

Jahon chempionatining 16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi 2-turida Afruza Hamdamova qora donalarda Slovakiya terma jamoasi azosi Novomeska Karin bilan kuch sinashdi. SHiddatli kechgan uchrashuvning 37-yurish holatida hamyurtimiz raqibini taslim etdi. Ushbu g'alaba tufayli Hamdamova ochkolari sonini 2 taga etkazib oldi va o'z yosh guruhida etakchilardan biri ekanligini yana bir karra amalda isbotladi.  

Aytish lozim, 16 yoshgacha bo'lgan qizlar musobaqasida 65 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan bo'lsa, ularning 12 nafari 2, 9 nafari 1,5 va 26 nafari 1 ochkoga ega bo'lib turibdi. 14 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etayotgan shaxmatchimiz Javohir Bozorov 2-turda qora donalarda latviyalik Reynis Valdatisga ro'baro' keldi. 

Afsuski, yosh shaxmatchimizga mazkur o'yinda omad kulib boqmadi. 14 yoshgacha bo'lgan qizlar musobaqasida qatnashayotgan Nilufarxon Imomqo'zieva oq donalarda meksikalik Telles Fukusima bilan murosa yo'lini tanlashi ortidan 1,5 ochkoli bo'lishga erishdi.

CHempionatning 3-turida Afro'za Hamdamova oq donalarda meksikalik Gvadelupe Mantano Visente, Javohir Bozorov ham oq donalarda Janubiy Afrika vakili Kaleb Deysel, Nilufar Imomqo'zieva esa qora donalarda kanadalik Anais Xloya Fisel bilan qarama-qarshi keladi.

Eslatib o'tamiz, 11-turdan iborat jahon chempionati musobaqalari 10 noyabrga qadar davom etadi. Musobaqalarda 62 ta davlatning 527 nafar shaxmatchisi qatnashmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing