So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

03 iyu 12:32
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchimiz Biloliddin Obidov Batumida jahon chempionligiga erishdi

Gruziyaning Batumi shahrida 8-12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatining so'nggi kuni mamlakatimiz vakillari uchun omadli bo'ldi.

Oltita yosh toifasida sovrindorlikka nomzodlar qatorida mamlakatimizning ikki nafar vakili kurash olib borgani ko'pchilikning etiborini tortdi.   

12 yoshlilarning “A” guruhida etakchilikka erishgan istedodli shaxmatchimiz Biloliddin Obidov jahon chempionligi uchun xitoylik Xaomin Ku bilan kurash olib borli.   

Davogarlar o'rtasida o'tkazilgan ilk o'yinda hamyurtimiz xitoylik shaxmatchini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, kecha qora donalarda harakatlangan hamyurtimiz raqibi bilan g'alabaga teng durang natijani qayd etdi va 12 yoshlilar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi. 


SHuningdek, 10 yoshli qizlar o'rtasidagi bahslar sarhisobiga ko'ra, mahoratli shaxmatchi qizlarimizdan biri Husnoraxon Husniddinova yarim final ostonasigacha etib kelib, bronza medali uchun kechgan musobaqada FIDE bayrog'i ostida ishtirok etgan Angelina Vlad Ambarcumyan bilan kuch sinashdi.   

Ushbu bahsning ilk partiyasida hamyurtimiz qora donalarda raqibini taslim etdi. Kecha o'tkazilgan ikkinchi partiyadagi durang esa 10 yoshli shaxmatchi qizimizga jahon chempionatining bronza medalini tuhfa etdi.   

40 ga yaqin mamlakatning 300 nafarga yaqin yosh “aql gimnastikasi” sohiblari o'rtasidagi jahon chempionatida o'zbekistonlik shaxmatchilar 1 ta oltin, 1 ta bronza medaliga musharraf bo'lishi Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev kabi professionallarimizning munosib izdoshlari kamolga etayotganini ko'rsatdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing