07 apr 13:45
Yangiliklar
Futbol

SHoahmedov Xavi o'ynayotgan jamoaga gol urdi, "Al Sayliya"da durang
Qatar Yulduzlar ligasining 25-turida "Al Sayliya" safarda "Al Sadd" bilan durang o'ynadi.
Mehmonlar safida hamyurtlarimiz Sanjar SHoahmedov va Temurxo'ja Abduxoliqov
asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Bahsning 15-daqiqasida mezbonlar
vakili, jahon futboli yulduzi Xavi gol urib hisobni ochdi. Keyingi
daqiqadayoq Sanjar SHoahmedov hisobni tenglashtirib qo'ydi. Bahs 2:2
hisobida yakunlandi.
Abduxoliqov uchrashuvda to'liq o'ynagan bo'lsa, Sanjar 83-daqiqada almashtirildi. "Al Sayliya" 28 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar ligasi.
"Al Sadd" - "Al Sayliya" 2:2
Gollar: Xavi 15, Bunedja 83 penalti - SANJAR SHOAHMEDOV 16, Lazar 71
CHetlatish: Xaddaf 81 ("Al Sayliya")
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar