01 jan 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov: "Men so'zimda turdim"
Yarimo'rta vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz SHohasan Mirzamatov so'nggi jangidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
34 yoshli sportchi 29 dekabr kuni Toshkentda o'tkazilgan Octagon 68 musobaqasi doirasida braziliyalik Pedro Fariasni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, raqibidan revansh olgandi.
"Men so'zimga javob berdim. Braziliyalikni revansh jangida uxlataman degandim va uxlatdim ham! Keyingi sensan "Egorushka"! Fevral oyida seni ham muddatidan oldin mag'lubiyatga uchrataman va chempionlik kamarini O'zbekistonga olib kelaman", deb yozdi SHohasan Mirzamatov.
Malumot uchun, SHohasan bu gaplari orqali Liganing yarimo'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni, qozog'istonlik Georgiy Kichiginga murojaat qildi.
Havola :
Manba : instagram.com/shokxasanmma
Fikrlar