06 iyu 15:54
Yangiliklar
SHohasan Mirzamatov oldida jiddiy sinov. U qozog'istonlik tajribali jangchi bilan to'qnash keladi + POSTER
Tashkilotchilar tomonidan turnirning asosiy kardidan o'rin olgan yana bir jang elon qilindi.
Unda yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Hamyurtimizga musobaqa doirasida qozog'istonlik Maxir Mamedov raqiblik qiladi.
Aslida, ushbu jang iyun oyida o'tkazilgan Octagon 59 turniri doirasida bo'lib o'tishi lozim edi. Biroq Mirzamatovning musobaqa oldidan jarohat olishi ushbu qarama-qarshilikning kechiktirilishiga sabab bo'lgandi.
Malumot uchun, Mirzamatov faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 3 mag'lubiyatni qayd etgan. Maxir Mamedov esa o'z hisobiga 19 g'alaba va 3 ta mag'lubiyatni yozdirib qo'ygan.
Fikrlar