29 noy 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov: "So'nggi jangimda raqibimga emas, o'zimga yutqazdim"
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov bo'lajak jangi haqida gapirdi.
U 29 dekabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan Octagon 68 musobaqasi doirasida braziliyalik Pedro Fariasga qarshi revansh jangini o'tkazadi.
"Birinchi jangimda yaxshi tayyorgarlik ko'rishimga to'sqinlik qilgan muammolarim bor edi. Toshkentda umuman boshqa SHohasan jang qiladi. O'shanda men braziliyalik raqibimga emas, o'zimga mag'lub bo'lgandim. Men uni "Humo Arena"da shunchaki uxlatishni istayman. Maqsadim o'sha-o'sha — Kichigin va kamar uchun jang", dedi Mirzamatov.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar